"Ahbor-Reyting" reytingi

chop etish versiyasi

Ahbor-Reyting O‘zbekistondagi birinchi reyting agentligi bo‘lib, 1995 yilda tijorat banklari, sug‘urta va lizing kompaniyalari, korporativ obligasiyalar emitentlari va boshqa moliya institutlariga reyting xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan. Ahbor-Reyting tomonidan qo‘llaniladigan barcha reyting tartiblari va metodologiyalari Osiyo kredit reyting agentliklari assosiasiyasi (ACRAA) ko‘magida ishlab chiqilgan va ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan.

“O‘zbekinvest” kompaniyasiga belgilangan reyting sug‘urta kompaniyaning to‘lov qobiliyatini milliy reyting shkalasi bo‘yicha eng yuqori baholashdir. Ushbu reyting sug‘urta qildiruvchilarning majburiyatlari va talablarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish uchun juda yuqori qobiliyatga ega bo‘lgan tashkilotlarga beriladi.

Agentlik reyting darajasiga ta'sir qiluvchi bir qator ijobiy omillarni qayd etmoqda:

  • sug‘urta xizmatlarining keng mintaqaviy qamrovi va turlari;
  • yuqori bozor ulushi va sug‘urta bozoridagi yetakchi o‘rinlardan biri;
  • sug‘urta tushumlarining mintaqalar bo‘yicha ijobiy diversifikasiyasi;
  • sug‘urta kompaniyasining yuqori ishbilarmonlik faolligi va sug‘urta bozorining asosiy segmentlarini jadal rivojlantirish;
  • aksiyadorlarni qo‘llab-quvvatlash;
  • zamonaviy axborot texnologiyalari va moliyaviy vositalarni faol joriy etish;
  • hududlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning yaxshi diversifikasiyasi;
  • to‘lov qobiliyatining yuqori darajasi;
  • tajribali boshqaruv jamoasi.

Agentlik ta'kidlashicha, 2022 yil davomida «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining biznes ko‘lami va faoliyatining ko‘rsatkichlari barqaror sur'atlarda o‘sdi.