Oʼzbekiston tijorat banklarining "Xaridorga kredit" turi boʼyicha eksport kreditlarini sugʼurtalash

chop etish versiyasi

MILLIY TIJORAT BANKLARINING "XARIDORGA KREDIT" TURI BO‘YICHA EKSPORT KREDITLARINI SUGʻURTALASH

Bu O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklari tomonidan eksport shartnomasiga ko‘ra to‘lovlarni amalga oshirish uchun chet el xaridorini moliyalashtirish maqsadida chet el bankiga taqdim qilingan kredit mablag‘lari siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari tufayli qaytarilmasligi xavfidan sug‘urtalashdir.  Ushbu sug‘urta polisi kredit shartnomasi bo‘yicha kredit beruvchi bank uchun garov vazifasini bajaradi.

QAMROV DOIRASI

Sug‘urta shartnomasiga ko‘ra chet el banki bilan Kredit shartnomasi tuzgan, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan tijorat banki sug‘urtalanuvchi hisoblanadi.

Sug‘urta predmeti - bu chet ellik qarz oluvchi bankining kredit shartnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi rezidenti xisoblangan tijorat banki tomonidan berilgan kredit mablag‘larini qaytarish majburiyati hisoblanadi. Sug‘urta summasi chet ellik qarz oluvchi bankning asosiy qarzi miqdorini o‘z ichiga oladi.

Sug‘urta chet ellik qarz oluvchi bank mamlakatida yoki kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan har qanday uchinchi davlatda yuzaga keladigan siyosiy va tijorat tavakkalchiliklarini qoplaydi.

Sug‘urta summasi kredit miqdorining 100 foizgacha belgilanishi mumkin.

Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha tovon puli 100 foizgacha to‘lab beriladi.

Sug‘urta muddati kredit shartnomasining amal qilish muddatiga mos ravishda belgilanadi.

SUGʻURTA MAHSULOTI NARXI

Sug‘urta mukofotining miqdori so‘ralgan sug‘urta davriga, mamlakatning qaltislik darajasiga, xorijiy qarz oluvchining moliyaviy holatiga va kredit olish uchun taqdim qilingan garovga qarab belgilanadi.

SUGʻURTALASH XUSUSIYATLARI

Muddati 2 yildan ortiq bo‘lgan kreditlarni sug‘urtalashda Iqtisodiy Hamkorlik va Rivojlanish Tashkiloti tomonidan qo‘llaniladigan Eksport kreditlari to‘g‘risidagi Bitimdan (IHRT Konsensusi) foydalaniladi.

KERAKLI HUJJATLAR

  • Eksport shartnomasi;
  • To‘ldirilgan anketa-ariza;
  • Kredit shartnomasi;
  • Chet ellik qarz oluvchining nizomi va ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar;
  • Chet ellik qarz oluvchining so‘nggi 3 yil uchun balansi hamda daromad va zararlar to‘g‘risidagi hisoboti.

  1. Eksport shartnomasini tuzish;
  2. Eksport shartnomasini TSOYEAT-da ro‘yxatdan o‘tkazish;
  3. Kredit shartnomasini imzolash
  4. "Xaridorga kredit" turi bo‘yicha sug‘urta shartnomasini imzolash;
  5. Kredit shartnomasi shartlariga muvofiq moliyalashtirishni ochish;
  6. Chet ellik xaridor tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan eksport mahsulotlarini sotib olish uchun kreditni qayta moliyalashtirish;
  7. Shartnoma shartlariga muvofiq mahsulotlarni yetkazib berish;
  8. Kredit shartnomasi shartlariga muvofiq chet el banki tomonidan olingan kredit mablag‘larini qaytarmaslik;
  9. Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda zararni qoplash.