Majburiy xizmat turlari
Ixtiyoriy xizmat turlari
Mehmonxona biznesini yuritish turli xil xavf-xatarlar bilan bog‘liq: mulkning shikastlanishi va faoliyatning to‘xtab qolishidan tortib, mehmonlar oldidagi javobgarlik hamda xodimlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalargacha. Sug‘urta mahsulotlari har doim ham barcha xavflarni to‘liq qamrab olmaydi, bu esa katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Mehmonxona biznesini kompleks sug‘urtalash – bu mehmonxonaning asosiy elementlarini yagona shartnoma doirasida himoya qilishni ta’minlovchi yagona yechimdir. Mazkur mahsulot quyidagilarni sug‘urta qilish imkonini beradi:
1) mulkni (bino, mebel, jihozlar, inventar) yong‘in, portlash, zilzila, tabiiy ofatlar, santexnika tizimlarining buzilishi, buzib kirish orqali o‘g‘rilik va boshqa xavflardan;
2) xizmat ko‘rsatish jarayonida mehmonlarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni (tan jarohatlari, oziq-ovqatdan zaharlanish yoki oziq-ovqat va ichimliklardagi begona yoki zararli moddalar tufayli yuzaga kelgan kasalliklar);
3) mehnat shartnomasiga muvofiq o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida xodimlarning tan jarohatlarini;
4) sug‘urtalangan mulkning yo‘qolishi, vayron bo‘lishi, shikastlanishi yoki nobud bo‘lishi natijasida faoliyatning to‘xtab qolishi oqibatida kelib chiqqan foyda yo‘qotilishini.
Mazkur sug‘urta O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan dorixona muassasalari, dorixona korxonalari va shu kabilarga sug‘urta himoyasini taqdim etadi.
Ushbu sug‘urta mahsulotiga muvofiq, quyidagilar natijasida sug‘urta qildiruvchining sug‘urta davri mobaynida o‘z majburiyatlarini bajarishda qasddan qilmagan kasbiy xatosi, beparvoligi yoki kamchiligi oqibatidagi dorixona muassasasining kasbiy faoliyati natijasida uchinchi shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararni qoplash majburiyatini O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq belgilash fakti sug‘urta hodisasi deb tan olinadi:
- iste’molchi uchun mahsulotning xususiyatlari haqida ma’lumotning yo‘qligi;
- ishlab chiqaruvchi haqida ma’lumotning yo‘qligi;
- ishlab chiqarilgan sana va foydalanish muddati haqida ma’lumotning yo‘qligi;
- saqlash shartlariga rioya qilmaslik;
- sotish qoidalariga rioya qilmaslik;
- ishlab chiqarish qoidalariga rioya qilmaslik;
- sifat bo‘yicha talablarga rioya qilmaslik;
- shifokor tomonidan berilgan retsept (dozalar, miqdor)ga rioya qilmaslik.
Bunda dorixona muassasasida vaqtincha bo‘lmagan ishchining o‘rnini bosuvchi va ishchining ta’til, kasallik va boshqa sabablarga ko‘ra o‘z xizmat majburiyatlarini bajara olmasligi sababli yo‘qligi davrida uning vazifalarini bajarish huquqisiz bajarayotgan shaxs (amaliyot o‘tuvchi, stajor yoki boshqa shaxs) tomonidan sodir etilgan hodisa sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi.
Sug‘urta tovonining to‘lovi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan sug‘urta javobgarligi limitlari doirasida, sug‘urta qildiruvchining sug‘urtalangan faoliyati natijasida zarar ko‘rgan uchinchi shaxslarga, huquqi buzilgan shaxs tomonidan amalga oshirilgan yoki amalga oshirilishi kerak bo‘lgan xarajatlar ko‘rinishidagi zararlar miqdorida to‘lanadi.
Kafe yoki restoran egalari o‘z biznesini umumiy ovqatlanish obyektlarini sug‘urta qilish mahsuloti yordamida tasodifiy xavflardan himoya qilishlari mumkin.
Ushbu sug‘urta mahsuloti quyidagi xavflardan himoya qiladi:
- mol-mulkning shikastlanishi yoki nobud bo‘lishi;
- sovutish uskunasining mexanik buzilishi natijasida mahsulotning yaroqsizlanishi;
- oziq-ovqatdan zaharlanish oqibatida mijozlar oldidagi javobgarlikning paydo bo‘lishi;
- boylerlarning portlashi natijasida zarar ko‘rish.
Sug‘urta to‘lovi quyidagi tartibda to‘lanadi:
- a) mol-mulk yo‘qolgan (to‘liq nobud bo‘lgan) taqdirda – yo‘qolgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga teng miqdorda;
- b) mol-mulk shikastlanganda (qisman buzilganda) – tiklash xarajatlari miqdorida;
- v) mahsulotni buzilishdan sug‘urta qilish bo‘yicha – sug‘urta tovoni zarar ko‘rgan mahsulotning qiymati miqdorida to‘lanadi;
- g) mijozlar oldidagi javobgarlikni sug‘urta qilish bo‘yicha – sug‘urta tovoni da’voni ko‘rib chiqishda belgilangan zarar miqdorida to‘lanadi.
Ushbu sug‘urta mahsuloti doirasida sug‘urta qildiruvchining logistika tavakkalchiliklari yuzaga kelishi natijasida zarar ko‘rishi mumkinligi bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari himoya qilinadi.
Sug‘urta hodisasi bo‘lib yuzaga kelgan quyidagi voqealar hisoblanadi:
- a) sug‘urta muddati mobaynida ta’minot tavakkalchiligi yuzaga kelishi bilan sug‘urta qildiruvchining ishlab chiqarish hajmlarining pasayishi oqibatida kutish davridan keyin 60 (oltmish) kungacha daromadining kamayishi;
- b) eksport qilinayotgan tovarning sug‘urta muddati mobaynida tashish jarayonida tabiiy, texnogen tavakkalchiliklar oqibatida zararlanishi va (yoki) nobud bo‘lishi;
- v) sug‘urta muddati mobaynida sotish tavakkalchiligi yuzaga kelishi natijasida eksportga chiqarilgan tovarning xorijdagi manzilga yetib borgunga qadar bozor qiymati tovar tannarxidan pasayib ketishi oqibatida kontragent tomonidan eksport shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga to‘lovlar to‘liq yoki qisman to‘lanmasligi;
- g) sug‘urta muddati mobaynida axborot tavakkalchiligi yuzaga kelishi natijasida kontragent tomonidan eksport shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga to‘lovlar to‘liq yoki qisman to‘lanmasligi.
Elektromobillar bozorining rivojlanishi va quvvatlantirish infratuzilmasining kengayishi natijasida turli xavf-xatarlarga duchor bo‘ladigan quvvatlantirish stansiyalarini ishonchli himoya qilishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Bunday xavflar jismoniy shikastlanishlar va uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan tortib, uskunaning ish faoliyati buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tashqi ta’sirlargacha bo‘lgan holatlarni o‘z ichiga oladi.
Sug‘urta joyida joylashgan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasining quyidagi hodisalar oqibatida har qanday bevosita tasodifiy jismoniy shikastlanishi, yo‘qolishi yoki nobud bo‘lishi natijasida sug‘urta qildiruvchining mulkiy manfaatlariga zarar yetishi sug‘urta hodisasi hisoblanadi:
- a) tabiiy ofatlar, yong‘in, zilzila, bo‘ron, yashin urishi, suv toshqini, jala, ko‘chki, o‘pirilish, sel, do‘l, portlash;
- b) predmetlarning qulashi yoki urilishi, transport vositalarining to‘qnashuvi;
- v) uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (o‘g‘rilik, talonchilik, bezorilik, vandalizm harakatlari).
Bunda tabiiy ofatlar ta’siri natijasida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasining to‘liq yoki qisman shikastlanishi yoki nobud bo‘lishi quyidagi hodisalar natijasida yuz bersa sug‘urta hodisasi deb tan olinadi:
- a) tezligi 15 m/s va undan yuqori bo‘lgan shamol;
- b) 12 soat yoki undan kam vaqt ichida yog‘ingarchilik miqdori 15 mm va undan ko‘p bo‘lgan yomg‘ir;
- v) 12 soat va undan kam vaqt ichida yog‘ingarchilik miqdori 20 mm va undan ko‘p bo‘lgan qor yog‘ishi.
