AVANS TO‘LOVLARINI SUGʻURTALASH
Bu chet ellik yetkazib beruvchi tomonidan siyosiy va tijorat tavakkalchiliklari sababli import qilinayotgan tovarlarni yoki avans to‘lovini qaytarmaslik xavfidan sug‘urtalashdir. Ushbu sug‘urta polisi import qiluvchi tomonidan import shartnomasiga asosan yetkazib beruvchiga yuboriladigan tovarlar uchun oldindan to‘lov amalga oshirilgan hollarda qo‘llaniladi. Mahsulotlarni yetkazib bermaslik va avans to‘lovini qaytarmaslik xavfi mavjud bo‘lganligi sababli import qiluvchilar sug‘urtalanishi mumkin.
QAMROV DOIRASI
Import qiluvchi sug‘urta shartnomasiga ko‘ra sug‘urtalanuvchi hisoblanadi.
Sug‘urta predmeti - bu import shartnomasiga muvofiq chet ellik yetkazib beruvchi bilan mahsulotlarni avans to‘lovi to‘langandan keyin yetkazib berishga kelishib olingan taqdirda, chet ellik yetkazib beruvchining mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha majburiyatlari hisoblanadi.
Sug‘urta summasi import shartnomasi summasining 50 foiz miqdorigacha bo‘lishi mumkin.
Sug‘urta chet ellik yetkazib beruvchining mamlakatida yoki tovar o‘tadigan yoki yetkazib beriladigan har qanday uchinchi davlatda yuzaga keladigan siyosiy va tijorat tavakkalchiliklarini qoplaydi.
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha tovon puli zararning 100 foizgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etadi.
Sug‘urta muddati import shartnomasi muddatiga mos ravishda belgilanadi.
SUGʻURTA MAHSULOTI NARXI
Sug‘urta mukofotining miqdori so‘ralgan sug‘urta davriga, yetkazib berish muddatiga, mamlakatning qaltislik darajasiga, chet ellik yetkazib beruvchining moliyaviy holatiga qarab belgilanadi.
KERAKLI HUJJATLAR
- Import shartnomasi;
- To‘ldirilgan anketa-ariza;
- Chet ellik yetkazib beruvchining nizomi va ro‘yxatdan o‘tganligi haqidagi guvohnomasi;
- Chet ellik yetkazib beruvchining so‘nggi 3 yil uchun balans hamda daromadlari va zararlari to‘g‘risidagi hisoboti.
- Import shartnomasini tuzish;
- Import shartnomasini TSOYEAT-da ro‘yxatdan o‘tkazish;
- Import shartnomasi bo‘yicha avans to‘lovlarini sug‘urtalash shartnomasini imzolash;
- Avans to‘lovini to‘lash;
- Chet ellik yetkazib beruvchining shartnomaviy majburiyatlarini bajarmaganligi;
- Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda zararni qoplash.