Sugʻurta hodisasini hal etishdagi tezkorlik “Oʻzbekinvest” kompaniyasi faoliyatining asosini tashkil etadi. Albatta, busiz sugʻurta faoliyati bilan shugʻullanish oʻz mantigʻiga ega emas. Oʻz navbatida sugʻurta hodisasi roʻy beragani toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar berish sugʻurtalangan shaxsning birinchi navbatdagi majburiyatidir.
Mijozlar uchun sugʻurta qoplamalarini toʻlash jarayonini imkon qadar yengillashtirish maqsadida “Oʻzbekinvest” kompaniyasi sugʻurta hodisasi haqida tez, ishonchli va qulay xabar berish vositasi - “Sugʻurta hodisasi haqida murojaat” elektron pochtasi yoʻlga qoʻylgan.
Sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi murojaat kelib tushishi bilan saytdagi maʼlumotlar bazasida roʻyxatga olinadi. Sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish departamenti kelib tushgan daʼvolarni har kuni nazorat qilib boradi. Shundan soʻng, murojaatlar sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish tartibiga muvofiq koʻrib chiqiladi.
Siz roʻy bergan sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida (oʻz elektron pochta dasturingizdan foydalanmagan holda) quyidagi maʼlumotlarni aks ettirgan xabar joʻnatishingiz mumkin:
a) manzilingiz;
b) roʻy bergan sugʻurta hodisasi haqida qisqacha maʼlumot;
v) sugʻurta hodisasi roʻy bergan holat aks etgan rasm.
Ishoning, bizning vakillarimiz siz bilan albatta, bogʻlanishadi!
Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha ariza (.doc 40 Kb)
Mulk sug'urtasi bo'yicha ariza (.doc 19 Kb)
Tashuvchining fuqaroliq javobgarligi sug'urtasi bo'yicha ariza (.doc 16 Kb)
Iltimos, quyidagi anketani toʻldiring:
* bilan belgilangan joyda maʼlumotlar yozilishi shart!