Bu chet ellik xaridor bankining eksport shartnomasi bo‘yicha ochilgan, qaytarib bo‘lmaydigan akkreditiv bo‘yicha to‘lov majburiyatini bajarmaslik xavfidan sug‘urtalashdir. Ushbu sug‘urta turi eksport shartnomasi bo‘yicha to‘lov sharti chet ellik xaridor bankining qaytarib bo‘lmaydigan hujjatli akkreditivi bo‘lgan taqdirda qo‘llaniladi. Agar bank yaxshi reytingga ega bo‘lmasa yoki xaridor mamlakatidagi siyosiy vaziyat keskinlashishi mumkin bo‘lsa, eksport qiluvchining sug‘urta polisi yuzasidan sug‘urta kompaniyasiga murojaat qilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
QAMROV DOIRASI
Eksportchi sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalanuvchi hisoblanadi.
Sug‘urta predmeti - xorijiy xaridor bankining akkreditiv bo‘yicha to‘lov majburiyati hisoblanadi.
Sug‘urta chet ellik xaridor banki mamlakatida yoki to‘lov amalga oshiriladigan har qanday uchinchi davlatda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan siyosiy va tijorat tavakkalchiliklarini qoplaydi.
Sug‘urta summasi eksport qiluvchining foydasiga ochilgan akkreditiv miqdoriga mos ravishda belgilanadi.
Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha tovon puli 100 foizgacha to‘lab beriladi.
Sug‘urta muddati eksport shartnomasi muddatiga mos ravishda tuziladi.
SUGʻURTA MAHSULOTI NARXI
Sug‘urta mukofotining miqdori so‘ralgan sug‘urta davriga, akkreditiv muddati va turiga, mamlakatning qaltislik darajasiga, xaridor bankining moliyaviy holatiga qarab belgilanadi.
KERAKLI HUJJATLAR
- Eksport shartnomasi;
- To‘ldirilgan anketa-ariza;
- Chet el xaridor bankining akkreditivi.
- Eksport shartnomasini tuzish;
- Chet ellik xaridor banki tomonidan akkreditiv chiqarish;
- Chet ellik xaridor bankining akkreditiv bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligidan sug‘urtalash shartnomasini imzolash;
- Eksport shartnomasi shartlariga muvofiq tovarlarni (ishlar va xizmatlar) yetkazib berish;
- Akkreditiv bo‘yicha to‘lovni talab qilish;
- Chet ellik xaridor Bankining akkreditiv bo‘yicha majburiyatini bajarmasligi;
- Sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda zararni qoplash.