«Mening avtomobilim» Jismoniy shaxslarning transport vositasini sug'urta qilish polisi

chop etish versiyasi

Avtotransport vositasini birinchi qaltislikgacha sug‘urtalash polisi bo‘yicha sizning avtomobilingizning qismlariga YTH, tabiiy ofatlar, yong‘in, portlash, predmetlar zarbasi, uchuvchi vositalarning qulashi va uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida zararlanishidan sug‘urta himoyasi taqdim etiladi.

«Birinchi qaltislikkacha» sharti sug‘urta qoplamasi sug‘urta puliga teng yoki undan kamligidan qat’iy nazar bizning majburiyatlarimiz bitta hodisa bo‘yicha to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng to‘xtatiladi. Sug‘urtalayotganda siz qaltisliklar, franshiza turi va miqdorini (zararning siz tarafingizdan qoplanadigan qismi) va fuqarolik javobgarligini sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta pulini o‘zingiz tanlaysiz, biz esa sug‘urta pulining eng kam miqdorini belgilaymiz (avtotransport vositasining 20 foizi miqdorida). Shu sababli siz sug‘urta xizmatini avtomobilning to‘liq narxidan hisoblanganidan ko‘ra kamroq bahoda sug‘urtalash imkoniga ega bo‘lasiz.

Sizning avtotransport vositangizga yetkazilgan zararlar sug‘urta pulining 3 foizidan oshmasa, sug‘urta hodisasini tergov qilishga vakolati bor organlarning ma’lumotnomalarini taqdim etilishi shart emas.