Elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini sug‘urta qilish

chop etish versiyasi

Elektromobillar bozorining rivojlanishi va quvvatlantirish infratuzilmasining kengayishi natijasida turli xavf-xatarlarga duchor bo‘ladigan quvvatlantirish stansiyalarini ishonchli himoya qilishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Bunday xavflar jismoniy shikastlanishlar va uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlaridan tortib, uskunaning ish faoliyati buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tashqi ta’sirlargacha bo‘lgan holatlarni o‘z ichiga oladi.

Sug‘urta joyida joylashgan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasining quyidagi hodisalar oqibatida har qanday bevosita tasodifiy jismoniy shikastlanishi, yo‘qolishi yoki nobud bo‘lishi natijasida sug‘urta qildiruvchining mulkiy manfaatlariga zarar yetishi sug‘urta hodisasi hisoblanadi:

  1. a) tabiiy ofatlar, yong‘in, zilzila, bo‘ron, yashin urishi, suv toshqini, jala, ko‘chki, o‘pirilish, sel, do‘l, portlash;
  2. b) predmetlarning qulashi yoki urilishi, transport vositalarining to‘qnashuvi;
  3. v) uchinchi shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari (o‘g‘rilik, talonchilik, bezorilik, vandalizm harakatlari).

Bunda tabiiy ofatlar ta’siri natijasida elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasining to‘liq yoki qisman shikastlanishi yoki nobud bo‘lishi quyidagi hodisalar natijasida yuz bersa sug‘urta hodisasi deb tan olinadi:

  1. a) tezligi 15 m/s va undan yuqori bo‘lgan shamol;
  2. b) 12 soat yoki undan kam vaqt ichida yog‘ingarchilik miqdori 15 mm va undan ko‘p bo‘lgan yomg‘ir;
  3. v) 12 soat va undan kam vaqt ichida yog‘ingarchilik miqdori 20 mm va undan ko‘p bo‘lgan qor yog‘ishi.