Ushbu sug‘urta mahsuloti doirasida sug‘urta qildiruvchining logistika tavakkalchiliklari yuzaga kelishi natijasida zarar ko‘rishi mumkinligi bilan bog‘liq mulkiy manfaatlari himoya qilinadi.
Sug‘urta hodisasi bo‘lib yuzaga kelgan quyidagi voqealar hisoblanadi:
- a) sug‘urta muddati mobaynida ta’minot tavakkalchiligi yuzaga kelishi bilan sug‘urta qildiruvchining ishlab chiqarish hajmlarining pasayishi oqibatida kutish davridan keyin 60 (oltmish) kungacha daromadining kamayishi;
- b) eksport qilinayotgan tovarning sug‘urta muddati mobaynida tashish jarayonida tabiiy, texnogen tavakkalchiliklar oqibatida zararlanishi va (yoki) nobud bo‘lishi;
- v) sug‘urta muddati mobaynida sotish tavakkalchiligi yuzaga kelishi natijasida eksportga chiqarilgan tovarning xorijdagi manzilga yetib borgunga qadar bozor qiymati tovar tannarxidan pasayib ketishi oqibatida kontragent tomonidan eksport shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga to‘lovlar to‘liq yoki qisman to‘lanmasligi;
- g) sug‘urta muddati mobaynida axborot tavakkalchiligi yuzaga kelishi natijasida kontragent tomonidan eksport shartnomasi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchiga to‘lovlar to‘liq yoki qisman to‘lanmasligi.
