Mehmonxona biznesini yuritish turli xil xavf-xatarlar bilan bog‘liq: mulkning shikastlanishi va faoliyatning to‘xtab qolishidan tortib, mehmonlar oldidagi javobgarlik hamda xodimlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalargacha. Sug‘urta mahsulotlari har doim ham barcha xavflarni to‘liq qamrab olmaydi, bu esa katta moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Mehmonxona biznesini kompleks sug‘urtalash – bu mehmonxonaning asosiy elementlarini yagona shartnoma doirasida himoya qilishni ta’minlovchi yagona yechimdir. Mazkur mahsulot quyidagilarni sug‘urta qilish imkonini beradi:
1) mulkni (bino, mebel, jihozlar, inventar) yong‘in, portlash, zilzila, tabiiy ofatlar, santexnika tizimlarining buzilishi, buzib kirish orqali o‘g‘rilik va boshqa xavflardan;
2) xizmat ko‘rsatish jarayonida mehmonlarning hayoti, sog‘ligi yoki mol-mulkiga yetkazilgan zarar uchun javobgarlikni (tan jarohatlari, oziq-ovqatdan zaharlanish yoki oziq-ovqat va ichimliklardagi begona yoki zararli moddalar tufayli yuzaga kelgan kasalliklar);
3) mehnat shartnomasiga muvofiq o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida xodimlarning tan jarohatlarini;
4) sug‘urtalangan mulkning yo‘qolishi, vayron bo‘lishi, shikastlanishi yoki nobud bo‘lishi natijasida faoliyatning to‘xtab qolishi oqibatida kelib chiqqan foyda yo‘qotilishini.
