Umumiy ovqatlanish obyektlarini kompleks sug‘urta qilish

chop etish versiyasi

Kafe yoki restoran egalari o‘z biznesini umumiy ovqatlanish obyektlarini sug‘urta qilish mahsuloti yordamida tasodifiy xavflardan himoya qilishlari mumkin.

Ushbu sug‘urta mahsuloti quyidagi xavflardan himoya qiladi:

- mol-mulkning shikastlanishi yoki nobud bo‘lishi;

- sovutish uskunasining mexanik buzilishi natijasida mahsulotning yaroqsizlanishi;

- oziq-ovqatdan zaharlanish oqibatida mijozlar oldidagi javobgarlikning paydo bo‘lishi;

- boylerlarning portlashi natijasida zarar ko‘rish.

Sug‘urta to‘lovi quyidagi tartibda to‘lanadi:

  1. a) mol-mulk yo‘qolgan (to‘liq nobud bo‘lgan) taqdirda – yo‘qolgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga teng miqdorda;
  2. b) mol-mulk shikastlanganda (qisman buzilganda) – tiklash xarajatlari miqdorida;
  3. v) mahsulotni buzilishdan sug‘urta qilish bo‘yicha – sug‘urta tovoni zarar ko‘rgan mahsulotning qiymati miqdorida to‘lanadi;
  4. g) mijozlar oldidagi javobgarlikni sug‘urta qilish bo‘yicha – sug‘urta tovoni da’voni ko‘rib chiqishda belgilangan zarar miqdorida to‘lanadi.