Kafe yoki restoran egalari o‘z biznesini umumiy ovqatlanish obyektlarini sug‘urta qilish mahsuloti yordamida tasodifiy xavflardan himoya qilishlari mumkin.
Ushbu sug‘urta mahsuloti quyidagi xavflardan himoya qiladi:
- mol-mulkning shikastlanishi yoki nobud bo‘lishi;
- sovutish uskunasining mexanik buzilishi natijasida mahsulotning yaroqsizlanishi;
- oziq-ovqatdan zaharlanish oqibatida mijozlar oldidagi javobgarlikning paydo bo‘lishi;
- boylerlarning portlashi natijasida zarar ko‘rish.
Sug‘urta to‘lovi quyidagi tartibda to‘lanadi:
- a) mol-mulk yo‘qolgan (to‘liq nobud bo‘lgan) taqdirda – yo‘qolgan mol-mulkning haqiqiy qiymatiga teng miqdorda;
- b) mol-mulk shikastlanganda (qisman buzilganda) – tiklash xarajatlari miqdorida;
- v) mahsulotni buzilishdan sug‘urta qilish bo‘yicha – sug‘urta tovoni zarar ko‘rgan mahsulotning qiymati miqdorida to‘lanadi;
- g) mijozlar oldidagi javobgarlikni sug‘urta qilish bo‘yicha – sug‘urta tovoni da’voni ko‘rib chiqishda belgilangan zarar miqdorida to‘lanadi.
