13.09.2022
Bugun,13 sentabr kuni, Bosh Kompaniyaning ayol-qizlaridan iborat xodimlari uchun “Мa'naviy-ma'rifiy soat“ yig'ilishi o'tkazildi. "Uzbekinvest"ning tibbiyot xodimi Nodira Abdulayeva -“Yo'talning oqibatlari va uni oldini olish”, ma'naviy –ma'rifiy ishlar bo'yicha Bosh direktor maslahatchisi Madina Shukurova - “Yaxshi kayfiyat ham ishga hamdam”, xodimlar bilan ishlash bo'limi rahbari Shohista Aripxodjayeva "Xodimlarning muomala va kiyinish etikasi" mavzularida ma'ruzalar qildilar. Tadbir so'nggida kayfiyatni ko'taruvchi psixologik- amaliy mashg'ulot o'tkazildi.