2026-yil 10-fevral sanasida “O‘zbekinvest” EISK” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat departamenti tomonidan Namangan viloyat filialida “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga toʻsiq” mavzusida seminar tadbiri tashkil qilindi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2025-yil
26-dekabr kuni Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida ilgari surgan tashabbuslariga, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga to‘xtalib o‘tildi.
“O‘zbekinvest” EISK” AJ tizmida korrupsiyaviy yoki manfaatlar to‘qnashuvi holatlariga duch kelsangiz quyidagi aloqa kanallari orqali xabar bering:
antikorrupsiya@uzbekinvest.uz
+998 (78) 120-03-61
@Uzbekinvest_ichkinazoratbot
