Xorazm viloyatida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etildi

chop etish versiyasi
07.07.2023

Bugun, 7-iyul kuni "Uzbekinvest" eksport-import sug'urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyati Xorazm filialida, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va xodimlari hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda “Aholi va hududlarni, fuqarolarning mol mulkini sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlardan muhofaza qilish” mavzusida jurnalistlar va blogerlar uchun matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda aholi va hududlarni, fuqarolarning mol mulkini sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlardan muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Jurnalist, bloger va OAV vakillari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.