"Uzbekinvest" kompaniyasi 2022 yil davomida barcha sugʼurta turlari boʼyicha aholi va xoʼjalik yurituvchi subʼektlariga jami 59,57 mlrd.soʼm miqdoridagi sugʼurta qoplamalarini toʼlab berdi.
Shuningdek, 2022 yilda "Uzbekinvest" bilan tuzilgan shartnomalar soni 935 900 tani tashkil etdi va bu koʼrsatkich, oʼtgan 2021 yilga nisbatan, 101%ga oshdi.
Eslatib oʼtamiz, kundalik turmushda, kutilmaganda, yuz berishi mumkin boʼlgan holatlardan koʼrilgan moddiy zararni qoplash uchun, shunchaki, "Uzbekinvest" ning 24/7 rejimida ishlaydigan 1160 qisqa raqamiga qoʼngʼiroq qilib, atigi 2 daqiqada, sugʼurta polislarining barcha turlarini qoʼlga kiritish va oʼzingizga xotirjamlik inʼom etishingiz mumkin.