“O‘zbekinvest” korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida anonim so‘rovnoma o‘tkazdi

chop etish versiyasi
22.11.2024

“Oʼzbekinvest” tomonidan tizimdagi korruptsiyaviy xavf-xatarlarni oʼrganish, uning oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish, shuningdek, korruptsiyaga qarshi kurashish siyosatini keng tadbiq etishga qaratilgan navbatdagi tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Korruptsiyaning yuzaga kelishi mumkin boʼlgan faktlarini aniqlash va ularni bartaraf etish boʼyicha oʼz vaqtida choralar koʼrish maqsadida kompaniya xodimlari oʼrtasida anonim soʼrovnomalar oʼtkazilib kelinmoqda. Bu amaliyot bir necha yillardan buyon bunday tadbirlarni oʼtkazish jarayonida oʼz samarasini koʼrsatdi.

Shu tariqa, joriy yilning may oyida Kompaniya xodimlari anonim soʼrovnomadan oʼtdilar, unda xodimlar orasidan 162 kishi ishtirok etdi. Bu xodimlarining 35 foizini tashkil qiladi.

Natijalarga koʼra, xodimlarning 70 foizi korxonada korruptsiya faktlari yoʼqligini, 30 foizi korruptsiya holatlari uchrab turishini maʼlum qilgan.

“Kompaniya faoliyatining qaysi jarayonlarida korruptsiya holatlari uchraydi?” degan savolga xodimlarning 22 foizi bunday holatlar koʼpincha shartnomalar tuzishda uchrab turishini, 4 foizi xodimlarni ishga olishda, 4 foizi sugʼurta toʼlovlarini toʼlashda, 70 foizi bunday holatlarni guvohi boʼlmaganliklarini aytishgan.

Аnonim soʼrovnomalarda keltirilgan faktlar boʼyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.