“O‘zbekinvest” kompaniyasining hududiy filiallari direktorlari ishtirokida sayyor seminar bo‘lib o‘tdi

chop etish versiyasi
22.06.2023

Joriy yilning 20-22 iyun kunlari Bosh kompaniya rahbariyati, shuningdek, “O‘zbekinvest” kompaniyasining hududiy filiallari direktorlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida bo‘lib o‘tdi. Kompaniyaning hududiy filiallari rahbarlari tomonidan filiallar faoliyatidagi dolzarb muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Shuningdek, kompaniya rahbariyati tomonidan “O‘zbekinvest” kompaniyasi faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha 2023-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xaritasi” loyihasining bandlari, mazkur yo‘l xaritasiga kiritilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, 2023-yil uchun belgilangan ijobiy ko‘rsatkichlarni ta’minlash masalalari hamda sug‘urta bozoridagi mavjud muammolar ko‘rib chiqildi.

Seminarning bunday formati kompaniyada o‘tgan yillar davomida tashkil etilgan an’ananing davomidir.