Bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

chop etish versiyasi
26.08.2019

«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi xodimlari farzandlari uchun kompaniya bosh binosida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. Ko‘tarinki ruhda o‘tgan tadbirda joriy yilda ilk marta maktabga qadam quyayotgan bolalar ota-onalarining faoliyati, ish sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

Bayram tadbirida bolajonlar uchun turli ertak qahramonlari ishtirokida sahnalashtirilgan musiqiy o‘yin-kulgi tomoshasi namoyish etildi.

 

Tadbir yakunida yangi o‘quv yili davomida zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari va kitoblar bolajonlarga sovg‘a qilindi.

Biz ularga o‘qishlarida muvaffaqiyat va faqat a'lo baholarga o‘qishlarini tilab qolamiz.

«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi

Axborot xizmati