Assalomu aleykum, hurmatli yurtdoshlar!
Bugungi brifing davomida “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi aksidorlik jamiyati tomonidan joriy yilning o‘tgan olti oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinadi.
Birinchi yarim yil yakunlariga ko‘ra, “O‘zbekinvest” kompaniyasi milliy sug‘urta bozordagi yetakchi o‘rinlaridan birini egallab, biznesning asosiy ko‘rsatkichlarini ijobiy dinamikasi va barqaror o‘sishini ta'minladi. 2023-yilning 6 oyida kompaniya tomonidan yig‘ilgan mukofotlar hajmi 543,7 milliard so‘mni tashkil etib, 2022-yilning shu davriga nisbatan 2,3 barobarga o‘sdi.
Davlatimiz rahbarining “Eksport faoliyatini moliyalashtirish va sug‘urta himoyasi mexanizmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi doirasida eksport shartnomalari va kreditlarini siyosiy va tijorat risklaridan sug‘urtalash “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilib kelinmoqda.
“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan 2023-yilning birinchi yarmida respublika eksport salohiyatini rivojlantirish, milliy mahsulot, ish va xizmatlar eksport qiluvchilarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirgan holda, eksportchilarga 1,2 milliard AQSh dollari miqdorida sug‘urta himoyasi ta'minlandi.
2023-yilning may oyida Moody’s Investors Service Ltd. (AQSh) xalqaro reyting agentligi «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasining moliyaviy mustahkamlik reytingi prognozi «Ba3», «Barqaror» darajasidan «Ba3», «Ijobiy» darajasiga ko‘tarilganini rasman e'lon qildi. «O‘zbekinvest» O‘zbekiston bank-moliya sektoridagi «Moody’s» xalqaro reyting agentligi tomonidan «Ba3» moliyaviy mustahkamlik reytingi berilgan birinchi kompaniya hisoblanadi.
Avgust oyida «Ahbor-Reyting» agentligi “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasiga milliy darajasi bo‘yicha «uzA++» barqaror prognoz to‘lov qobiliyati reytingini berdi.
2023-yilning birinchi yarmida xalqaro sug‘urta va qayta sug‘urtalash bozorlarida operatsiyalarning jadal va barqaror rivojlanishi davom etdi. 20,2 million AQSh dollari miqdorida qayta sug‘urtalash mukofotlarining yalpi yig‘ilishi ta'minlandi. Shu bilan birga, kompaniya sug‘urta portfelidagi sug‘urta xizmatlari eksportining ulushi 42,7 foizni tashkil etdi.
O‘zbekiston Prezidenti tomonidan mamlakatimizning shahar va chekka hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va servis ko‘lamini tubdan kengaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalardan kelib chiqib, “O‘zbekinvest” kompaniyasi o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri deb shahar va chekka hudud aholisini “mahallabay” ishlash tizimi asosida joylarda faol tushuntirish ishlarining olib borilishi orqali sug‘urta himoyasini ta'minlashni belgilab oldi. Sug‘urta mahsulotlarini sotishni rivojlantirishga yoshlar va oliy o‘quv yurtlar talabalari orasidan yangi sug‘urta agentlari jalb etilmoqda. Natijada kam ta'minlangan oilalardan bo‘lgan 600 nafardan ziyod fuqaro sug‘urta agenti sifatida ish bilan ta'minlandi. 2023-yilning 6 oyi davomida sug‘urta agentlari tomonidan 16,7 milliard so‘mlik polislar sotilgan, bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 6 barobar ko‘pdir.
Allianz SE (Germaniya), Zurich Insurance Group (Shveysariya), Tokio Marine (Yaponiya), AXA (Fransiya), People Insurance Company of China (Xitoy), Korean Reinsurance Company (Janubiy Koreya), Marsh (AQSh), Willis, AON va UIB (Buyuk Britaniya) kabi yetakchi xalqaro transmilliy sug‘urta va qayta sug‘urtalash kompaniyalari va brokerlari bilan birgalikda ishlashni yo‘lga qo‘yilishi “O‘zbekinvest” kompaniyasining xalqaro sug‘urta bozorining tan olingan ishtirokchisi sifatida shakllanishiga hissa qo‘shdi.
Kompaniya tomonidan korporativ segmentda 2022-yilning birinchi yarim yil yakunlariga nisbatan 4 barobar ko‘p, ya'ni 265,4 milliard so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta'minlanib, yuridik shaxslar bilan 51 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi.
Jismoniy shaxslarni sug‘urta qilish segmentida mukofotlarning xajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 baravar ko‘payib, 41 milliard so‘mni tashkil etdi, 467 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi.
Ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha olib borilgan tizimli ishlar natijasida 2023-yilning 6 oyi davomida “O‘zbekinvest”ning raqamli platformalari orqali 401 mingdan ortiq onlayn polislar rasmylashtirildi, bu esa rasmiylashtirilgan polislar umumiy ulushining 77,2 foizini tashkil etdi.
2023-yilning birinchi yarmida 45,5 milliard so‘m miqdorida sug‘urta tovonlari to‘langan, bundan milliy eksportchilarga 3,6 milliard so‘m sug‘urta tovonlari to‘langan.
Biznesning yuqori o‘sish sur'atlarini ta'minlashda kompaniya xodimlarining tizimli ravishda uzluksiz ta'lim olishi muhim o‘rin tutadi. Xodimlar uchun doimiy faoliyat yuritib keluvchi “Sug‘urta maktabi” va rahbar xodimlar uchun - “Sug‘urta akademiyasi” doirasida 2023-yil aprel oyida Vashington universiteti tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 11 nafar hududiy filiallari rahbarlari Sietl shahrida malaka oshirib qaytdilar. mutaxassislar. O‘quv dasturiga ko‘ra, “O‘zbekinvest” kompaniyasi vakillari AQShning eng yirik sug‘urta kompaniyalaridan biri – 1949-yilda tashkil etilgan «PEMCO Insurance Company»da amaliyot o‘tashdi.
Shuningdek, 2023-yil iyun oyida kompaniya tuman bo‘linmalarining 15 nafar rahbarlari Praga shahridagi G‘arbiy Bogemiya universiteti (Chexiya)da “Sug‘urta” kursi bo‘yicha malaka oshirish kursini tamomladilar.
“O‘zbekinvest” kompaniyasi joriy yilning may oyida ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi audit tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tib, mahsulotlarning ishonchliligi va xalqaro standartlarga mosligini yana bir bor tasdiqladi. Kompaniyani sertifikatlash xalqaro sertifikatlashtirish organi «CERT International» (Slovakiya) tomonidan amalga oshirildi.
Bugungi kunda ma'lumotlarni birlashtirish tizimlari va sun'iy intellekt kabi raqamli texnologiyalar iqtisodiyotning barcha sohalarida qo‘llanilmoqda, bu esa biznesning vaqt va resurs xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirishi imkonini beradi. “O‘zbekinvest” kompaniyasi tahlil, xavf-xatarni baholash, qarorlar qabul qilish va hujjatlarni rasmiylashtirishning barcha asosiy jarayonlarini optimallashtirish tamoyilidan kelib chiqqan holda TVEFJMS va KASKO polislarini rasmiylashtirishda tahliliy segmentasiya dasturini joriy qildi. Ushbu dastur sun'iy intellekt asosida sug‘urta hodisasi yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lgan mijozlarning transport risklarini aniqlash imkonini beradi. Ushbu texnologiyani joriy qilish qabul qilingan qarorlar sifatini hamda TVEFJMS va KASKO mahsulotlarining rentabelligini oshirishga imkon beradi.
Kompaniya shuningdek, turli yo‘nalishlarda xavflarni baholashni dasturlash uchun jarimalar, kreditlar va boshqa turdagi ma'lumotlar to‘g‘risidagi cheksiz miqdordagi tashqi ma'lumotlar manbalarini ulash imkonini beruvchi universal skoring tizimi bo‘lgan “Qarorlarni qabul qilish tizimi” dasturini taqdim etdi. Ushbu tizim turli sug‘urta segmentlarida dasturiy ta'minotga asoslangan avtomatik anderraytingni joriy etishga qaratilgan.
2023-yilning ikkinchi yarmida kompaniya barcha asosiy biznes jarayonlarni sun'iy intellekt texnologiyasi asosida raqamli formatga o‘tkazish bo‘yicha tizimli ishlarni yakunlamoqchi.
E'tiboringiz uchun rahmat, salomat bo‘ling!
"O‘zbekinvest" EISK AJ Bosh direktorning birinchi o‘rinbosari R. Xalikov