Diqqat! «DUBAYGA SAYOHAT» aksiyasi!

chop etish versiyasi
16.01.2019

2019-yilning 5-fevral kuni Toshkent shahrida joylashgan «Samarqand Darvoza» savdo markazida «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan o'tkazilayotgan «Dubayga sayohat» aksiyasi g'oliblarini aniqlash marosimi o'tkaziladi.

Tadbirni barcha ishtirokchilar kompaniyaning hududiy filiallarida videoaloqa yordamida onlayn kuzatib borishlari ham mumkin.

Aksiyada 2018-yilning 1-oktabridan 2019-yilning 31 yanvariga qadar majburiy avtosug'urta polisini sotib olgan kompaniyaning yangi mijozlari ishtirok etadi.

Tasodifiy raqamni tanlash yordamida 5 nafar (5 ta juftlik) omadli ishtirokchi aksiya g'olibiga aylanadi va ularga:

- Dubay shahriga borib-kelish avia chiptasi;

- 5 yulduzli mehmonxonada yashash;

- viza, sug'urta va transfer xarajatlari hamda aksiya g'olibidan olinadigan daromad solig'ini o'z ichiga olgan 1 haftalik sayohat yo'llanmasi taqdim etiladi.

Eslatib o'tamiz, har bir g'olibga 2 kishi uchun sayohat yo'llanmasi taqdim etiladi.

Batafsil ma'lumot uchun: (+998 71) 207-60-00