“Oʻzbekinvest” EISK” AJ korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligi reytingida yaxshi baholandi

chop etish versiyasi
22.04.2025

2024-yilda olib borilgan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari samaradorligini reyting baholash natijalari eʼlon qilindi.

Unda, 2023-yilgi reyting baholashda “qoniqarsiz” deb topilgan Kompaniyamiz faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan manzilli chora-tadbirlar natijasida ijobiy oʻsish kuzatildi  va “Oʻzbekinvest” eksport-import sugʻurta kompaniyasi” AJ – 83 ball (28 ball), bilan ijobiy natija qayd etdi.