Endi majburiy sug'urta narxi qancha bo'ldi?

chop etish versiyasi
05.06.2019

Joriy yilning 16-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 222-sonli “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” qarori qabul qilindi.

Qaror yuzasidan turli internet nashrlar va kanallarda yangiliklar va xabarlar berilmoqda. Biroq bu yangiliklar asosan qarorning asosiy matnini sharxlash bilan cheklanib qolmoqda, ba'zilari esa cheklangan yoki noto'g'ri va chalg'ituvchi ma'lumot bermoqda.

Qaror mohiyatini va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishi bo'yicha topshiriq berilgani va bu bo'yicha ishlar boshlanganiga qaramasdan, “Endi majburiy sug'urta narxi qancha bo'ldi?” degan har bir transport vositasi egasining savoliga javobni yoritib berishni maqsadga muvofiq topdik.

Yo'l-transport hodisasi natijasida etkazilgan zararni majburiy sug'urta bo'yicha qoplab berish darajasini oshirish maqsadida, transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta kompaniyasi to'lab beradigan summa 40 million so'm miqdorida belgilandi (amalda 12 million so'm edi).

Misol tariqasida Toshkent shahridagi sug'urta polisini birinchi marta olayotgan 22 yoshli haydovchi jismoniy shaxs majburiy sug'urta polisini necha pulga sotib olishini hozirdagi va yangi holatda ko'rib chiqamiz.

Ushbu o'rinda misolni tushunarli bo'lishi uchun sodda ko'rinishda keltirildi, qaror bilan “polis narxini” hisoblash uchun ishlatiladigan sug'urta koeffisientlari sezilarli darajada kamaytirildi, birlashtirili hamda yuridik va jismoniy shaxslar uchun yagona holda tasdiqlandi.

Qaror bilan sug'urta polisi blanskasi har-xil rangli bo'lgan ikki hil turi 1-haydovchilar soni cheklangan va 2-haydovchilar soni cheklanmagan (keng omma VIP polis sifatida biluvchi) blankalari tasdiqlandi.

Shuningdek, 2018 yilning 15 mart kuni Milliy matbuot markazida O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug'urta nazorati davlat inspeksiyasi va Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha to'lovlarni kafolatlash jamg'armasi hamda Jamg'arma a'zolari – sug'urta kompaniyalari ishtirokida Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urtasining dolzarb muammolari: tajriba, echim va istiqbollari to'g'risida keng jamoatchilikni xabardor etish maqsadida matbuot anjumani o'tkazilgan va uning natijalari Ommaiy axborot vositalarida, shu jumladan internet tarmog'ida keng yoritilgan.

Yaqin kelajakda ommaviy axborot vositalarida qaror mohiyati va ahamiyati to'liq va xaqqoniy ravishda yoritilib beriladi.

Manba: Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha to'lovlarni kafolatlash jamg'armasi