Estoniyada xodimlarni ish joyida baxtsiz hodisalardan majburiy sug'urtalash rejalashtirilmoqda

chop etish versiyasi
02.05.2018

Ma'lumotlarga ko'ra, 2017-yilda Estoniyada ish joylarida xodimlar ishtirokida 5184 ta, ya'ni har kuni 14 ta baxtsiz hodisa yuz bergan. Shulardan kelib chiqib, Estoniya hukumati yaqin vaqt ichida xodimlarni sug'urtalashning yangi tizimini joriy etishni rejalashtirmoqda.

Mutaxassislarning so'zlariga ko'ra, sug'urtalash majburiyati ish beruvchiga yuklatiladi va har bir xodimga bir yil uchun o'rtacha 25-54 evro to'lanadi.

Hozirgi kunda mamlakat sug'urta kompaniyalari tomonidan taklif etilayotgan tibbiy sug'urta paketlarini, xususan, ish joyida baxtsiz hodisalardan sug'urtalashni ish beruvchilar o'z xodimlariga taklif etishlari mumkin. Ularning narxlari paketga kiritilgan xizmatlarga muvofiq belgilanadi.

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati