Bugun “O‘zbekinvest” AJ xodimlari o‘rtasida “O‘zbekinvest kubogi” mini-futbol bahslari bo‘lib o‘tdi

chop etish versiyasi
26.08.2023

Xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ulanishini kundalik turmush tarziga aylantirish, sport orqali salomatlikni tiklashga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan mazkur bahslarda tizimdagi har bir hududdan jami 16 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Musobaqada:
1-o‘rinni Farg‘ona viloyati xodimlari
2-o‘rinni Bosh kompaniya xodimlari
3-o‘rinni Surxondaryo viloyati xodimlari egallashdi

Va bundan tashqari 3 yo‘nalishda eng yaxshi o‘yinchilar sovg‘alar bilan taqdirlandilar