Oʼzbekiston sugʼurta bozoridagi muammolar va ularni yechish yoʼllari

chop etish versiyasi
20.04.2022

Bugun Bosh kompaniyaning majlislar zalida "Oʼzbekiston sugʼurta bozoridagi muammolar va ularni yechish yoʼllari"mavzuida seminar-trening boʼlib oʼtdi. Unda sugʼurta sohasi boʼyicha koʼp yillik tajribaga ega boʼlgan,t.f.n.Mirsadikov Mirodil Аbdullaevich ishtirok etdi.Kompaniyaning yoshlari va malakali xodimlari uchun birday qiziqarli boʼlgan onlayn tadbirda Oʼzbekiston sugʼurta bozorining tarixi, sugʼurtaning asosiy tushunchalari, muammolari, uning yechimlari xaqida soʼz bordi. Tadbir soʼnggida savol-javoblardan iborat bahs- munozara boʼlib oʼtdi.