2023-yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi investisiya loyihalarini, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar ishtirokidagi loyihalarni sug‘urtalash bo‘yicha faoliyatini kengaytirdi.
2023-yilda qabul qilingan majburiyatlar hajmi 20 trillion so‘mni tashkil etdi. O‘zbekiston hududlarida sug‘urtaning ushbu sohasini rivojlantirish ishlarining yakuni bo‘yicha 35 milliard so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ilishi ta'minlandi, bu 2022 yil yakuniy ko‘rsatkichidan 120 foizga ko‘pdir.
2023-yil davomida “O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan investisiya loyihalarini sug‘urta qilish doirasida tuzilgan 48 ta shartnoma bo‘yicha 12,8 milliard so‘m sug‘urta tovoni to‘langan.
O‘zbekiston bo‘yicha investisiya loyihalarini sug‘urtalash bo‘yicha tuzilgan shartnomalar soni 3307 tani tashkil etdi.
Kompaniya yirik va o‘rta biznes-tuzilmalarga hamda korxonalarga qurilish-montaj tavakkalchiligi, mulk, javobgarlik, yuklarni sug‘urtalash, shuningdek, eksport shartnomalarini sug‘urtalash kabi zamonaviy, dolzarb sug‘urta mahsulotlar to‘plamini taklif etadi.
2024-yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi investisiya loyihalarini, jumladan, O‘zbekiston hududlaridagi erkin iqtisodiy, kichik sanoat va ixtisoslashtirilgan zonalar hududlarini sug‘urtalashda kuchli va ishonchli hamkor sifatida faol bo‘lib qoladi.