Pandemiya bilan bog‘liq salbiy tendensiyalar, karantin chora-tadbirlari va dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga qaramasdan, O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyot va investitsiya faoliyatining o‘sishi ta'minlandi.
Shu qatorda, 2020 yilda «O‘zbekinvest» kompaniyasi respublika hududlarida amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarini sug‘urta himoyasi bilan ta'minlashda jadal o‘sishni ta'minladi. Yil yakunlariga ko‘ra 25,6 mlrd so‘m miqdorida sug‘urta mukofotlari yig‘ildi va bu ko‘rsatkich 2019 yilning shu davriga nisbatan 2,9 barobarga o‘sdi.
Respublika bo‘yicha imzolangan investitsiya loyihalarini sug‘urtalash bo‘yicha shartnomalar soni 3,7 baravar o‘sib, 9250 tani tashkil qildi.
«O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan 2020 yil davomida 17 ta investitsiya loyihalarini sug‘urtalash shartnomalari bo‘yicha 12,2 mlrd so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi.
«O‘zbekinvest» yirik va o‘rta biznes tuzilmalari va tashkilotlar uchun qurilish-montaj qaltisliklaridan, mol-mulk, javobgarlik, yuk, shuningdek, eksport shartnomalarining sug‘urtasi bo‘yicha zamonaviy va aktual sug‘urta mahsulotlarini taklif qiladi.
2021 yilda «O‘zbekinvest» kompaniyasi erkin iqtisodiy, kichik sanoat va ixtisoslashtirilgan zonalaridagi investitsiya loyihalarini sug‘urta qilish doirasida kuchli va ishonchli hamkor sifatida o‘z faoliyatini davom ettirishni maqsad qilib qo‘ygan.
«O‘zbekinvest» EISK AJ Matbuot xizmati