Ma'lumki, mijozlar tomonidan sug‘urta tashkilotini tanlashda asosiy omillardan biri - to‘langan sug‘urta qoplamalari bo‘yicha statistik ma'lumotlardir. 2022 yilda “O‘zbekinvest” tomonidan “Mahallabay” dasturi doirasida amalga oshirilgan polislar bo‘yicha 1746 nafar mijozga 9,3 milliard so‘m sug‘urta tovonlari to‘landi.
Masalan, Toshkent viloyati Parkent tumanida istiqomat qiluvchi To‘xtaevlar oilasi 50 000 so‘m evaziga “Mening uyim – mening Vatanim” mol-mulk sug‘urta polisini xarid qilgan edi. Taqdir taqozosi bilan yong‘in natijasida To‘xtaevlar oilasining uyi yonib ketdi. “O‘zbekinvest” xodimlarining voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishi natijasida yetkazilgan zarar hisoblab chiqilib, mijozga 98 million so‘m miqdorida tovon puli to‘lab berildi.
Ishonchingiz uchun tashakkur!
Sizning fikr-mulohazalaringiz bizni yaxshiroq bo‘lishga undaydi!
Voqea joyidagi tafsilotlar bilan quyidagi videorolik orqali tanishishingiz mumkin.