Mobil qurilmalarni sugʼurtalash qoidalari va yoʼlda texnik yordam koʼrsatishni sugʼurtalash

chop etish versiyasi
18.10.2022

Joriy yil 14 oktyabr kuni, "Oʼzbekinvest" EISK АJ ning "Sugʼurta maktabi" tomonidan reja asosida jamiyatning Bosh ofis va hududiy filiallarining 100 nafardan ziyod mutaxassislari uchun Kompaniyada qabul qilingan "Mobil qurilmalarni sugʼurtalash qoidalari" va "Yoʼlda texnik yordam koʼrsatishni sugʼurtalash " mavzularida uslubiy qoidalar xaqida maʼlumot beruvchi onlayn oʼquv mashgʼuloti boʼlib oʼtdi. Vebinar spikerlari " Sugʼurta maktab" direktori Bahrom Komilov va Korporativ mijozlar bilan ishlash va hududiy rivojlanish"departamenti katta menejeri Farrux Istamov boʼldi.

photo_2022-10-18_17-12-52