«O‘zbekinvest» EISK AJ Bosh direktori Rustam Sodiqovich Azimovning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha murojaati

chop etish versiyasi
16.12.2024

Korrupsiyaga qarshi kurash dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Bu illatga qarshi kurash dunyoning ko‘plab mamlakatlarini qamrab olmoqda. O‘zbekiston Respublikasi ham ushbu umumiy ishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. Xozirgi paytda Respublikamizda korrupsiyaga qarshi kurash doirasida bir qator dasturlar qabul qilindi va ular bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Prezident Sh.M.Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha a'zolari, ta'bir joiz bo‘lsa, “halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga erisha olmaymiz”, deb bejizga ta'kidlanmagan.

«O‘zbekinvest EISK» AJ tizimida ham korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rish, uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish bo‘yicha samarali tizimni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, «O‘zbekinvest EISK» AJ tizimida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tashkil etilganligi, ishga qabul qilishni ochiq tanlov asosida amalga oshirish, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish, xaridlarni amalga oshirishda korrupsiyaviy xatarlarni aniqlash va bartaraf etish amaliyotlari joriy qilinganligi kabi qator amaliy ishlarni keltirib o‘tish mumkin.

«O‘zbekinvest EISK» AJ korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etishda fuqarolarimizning faolligini va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Kompaniyaning markaziy apparati, uning hududiy filiallari hamda bo‘linma xodimlarining qonunchilikka zid xatti-harakatlari yoki harakatsizliklarining guvohi bo‘lsangiz yoki xodimlarning korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlariga aloqadorligi yuzasidan ma'lumotlarga ega bo‘lsangiz, aloqa kanallari orqali o‘z murojaatingizni yo‘llashingiz mumkin.
Murojaatingiz qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlangan korrupsion holatlar bo‘yicha keskin qonuniy choralar ko‘riladi.

O‘z navbatida, «O‘zbekinvest EISK» AJ tizimida mehnat qilayotgan har bir rahbar va xodimni korrupsiya holatlarining har qanday ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishga hamda o‘z xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishga yana bir bor chaqiraman.

Aloqa kanallari