2017-yilning 10-oktabr kuni “O'zbekinvest” eksport-import milliy sug'urta kompaniyasida Toshkent moliya instituti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Unda “O'zbekinvest” kompaniyasi rahbariyati, departamentlar rahbarlari, institutning bakalavr va magistratura bitiruvchilari hamda professor o'qituvchilari ishirok etishdi.
Ushbu uchrashuvni tashkil etishdan ko'zlangan asosiy maqsad talabalarga “O'zbekinvest” kompaniyasi faoliyati va uning o'ziga xosliklari, ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari, mamlakatimizdagi sug'urta tizimi to'g'risida ma'lumot berish hamda iqtidorli bitiruvchilarni kompaniyaga malaka oshirishga va istiqbolda ishga jalb qilishdan iborat.
Ochiq muloqot shaklida o'tgan tadbirda “O'zbekinvest” mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga kompaniya faoliyati, tashkiliy tuzilmasi, sug'urta xizmatlarining turlari, yirik biznes hamkorlari va xalqaro aloqalari haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, institut bitiruvchilari xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, ish jarayonida zarur bo'ladigan talablar bilan ham yaqindan tanishdilir.
Qayd etish lozimki, “O'zbekinvest” tomonidan kompaniya faoliyati, ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari, mamlakatimizdagi sug'urta tizimi to'g'risida ma'lumot berish hamda iqtidorli bitiruvchilarni kompaniyaga malaka oshirishga va istiqbolda ishga jalb qilish maqsadida respublikamizdagi moliya-iqtisod yo'nalishidagi boshqa nufuzli oliy o'quv yurtlari bitiruvchilari bilan ham uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan.