Joriy yilning 11-iyun kuni "O'zbekinvest" EISK" AJning eksport bo'yicha mas'ul xodimlari, hamda, Xorazm viloyati filiali rahbari O. Abdullaev boshchiligida Turkiya Respublikasining etakchi kompaniyalaridan biri - "New Way Group" va "Big Way Logistics" rahbari Baxtiyar Kalandarov bilan muzokaralar o'tkazildi.
Muzokara davomida eksport, logistika va transport sug'urta sohasidagi yangiliklar haqida so'z bordi.
Bundan tashqari, bugungi kunda hukumatimiz tomonidan olib borilayotgan eksport siyosatini yuritishda samarali faoliyat ko'rsatayotgan "O'zbekinvest" kompaniyasining eksport-import sug'urtasi yo'nalishida sifatli xizmatlarni amalga oshirilayotgani tadbirda alohida ta'kidlab o'tildi va kelgusida o'zaro hamkorlik qilish bo'yicha ijobiy natijalarga erishildi.
Tadbir so'nggida mavzu yuzasidan turli takliflar berildi.