Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 152- sonli "Mahallabay" ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va aholining tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʼllab quvvatlash chora- tadbirlari toʼgʼrisida"gi Qaror ijrosini taʼminlash borasida ham alohida toʼxtalib, hududlarda "mahallabay» yoʼnalishida Kompaniya filiali xodimlarining ishlash tizimiga kiritilishi lozim boʼlgan yangiliklar, ushbu uslubga yondoshishda rejalardagi oʼzgarishlar bilan yaqindan tanishtirildi hamda barcha kuchni aholiga sugʼurtaning foydasi va imkoniyatlari borasida toʼliq tushuntirib berishda muhim boʼlgan targʼibotga urgʼu berish kerakligi, "Oʼzbekinvest" SK ning aholiga taklif etayotgan xizmati va mahsulotlarning sifati xaqida maʼlumot beruvchi barcha targʼibot- tashviqot vositalaridan foydalanish zarurligi uqtirildi.
12.04.2022