"O'zbekinvest" AJ va Export Credit Bank of Turkey hamkorlik to'g'risidagi bitim imzoladi

chop etish versiyasi
14.06.2021

"O'zbekinvest" AJ va Export Credit Bank of Turkey hamkorlik to'g'risidagi bitim imzoladi

2021-yil iyun oyida "O'zbekinvest" kompaniyasi va "Export Credit Bank of Turkey" eksport shartnomalari va kreditlarini sug'urta qilish sohasida tashkilotlar o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida bitim imzoladilar.

Eksportni kreditlash, moliyalashtirish va investitsiyalarni sug'urtalash kabi sug'urta mahsulotlarining keng doirasidan foydalanish orqali har ikki mamlakat eksportchilari ushbu hamkorlikdan qo'shimcha foyda olishlari mumkin.

Hamkorlik O'zbekiston bilan Turkiya o'rtasidagi mavjud savdo munosabatlarini mustahkamlash imkonini beradi.