“O`zbekinvest” sug'urta kompaniyasi «O’zinga ishon va orzular sari shaxdam qadam bos» ijtimoiy loyihansini tashkil etdi

chop etish versiyasi
21.07.2020

“O'zbekinvest” Yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan «O’zinga ishon va orzular sari shaxdam qadam bos» ijtimoiy loyihasi bolalarga bugungi kunda ularning oldida duch keladigan ko'plab qiyinchiliklarni yengishga, ularga ijtimoiy, ma’naviy va jismoniy salomatlikning ahamiyatini o'rgatishga, o'zlarini xavfsiz his qilishga va o'zlariga bo’lgan ishonchlarini oshirishga ko’maklashishga qaratilgan.

«O’zinga ishon» loyihasi uchta asosiy tamoyilga asoslanadi: farovonlik, onlayn xavfsizlik va jinsiy tenglik.

Mazkur loyiha asosida dastlabki “Farovonlik” dasturi joriy yilning 9-iyul kuni start oldi.
Ushbu loyiha asosida Kompaniya 23-sonli mehribonlik uyi bolalariga bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish uchun qiziqarli interaktiv o'yinlar, sport anjomlari va shirinliklar sovg’a tariqasida yuborildi.

https://youtu.be/l7VlUDEHXxA