Paraolimpiya o‘yinlar

chop etish versiyasi
28.12.2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 fevraldagi “O‘zbekiston sportchilarining navbatdagi yozgi va qishki Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishi uchun tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish to‘g‘risida”gi PQ-127-sonli qarori ijrosini taʼminlash hamda 2024 yil Fransiya davlatining Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini tayyorlash vazifasiga o‘ziga xos hissa qo‘shish maqsadida “O‘zbekinvest” EISK” AJ tomonidan 200 mln. so‘m miqdoridagi homiylik mablag‘i yetkazib berildi. Paralimpiya sporti mutaxassislarining kasbiy bilimi, ko‘nikmasi va mahoratini oshirish, zamon talablariga muvofiq kasbiy tayyorgarligini rivojlantirish yo‘nalishida Kompaniya bosqichma - bosqich homiylikni amalga oshirishni rejalashtirgan.