Uzbekinvestda malaka oshirish

chop etish versiyasi
09.02.2022

Ushbu yo‘nalishda yana Kompaniyaning barcha xodimlarining hamkorligi ham jalb etilgan bo‘lib, Yangi xodimga maslahatlar, tavsiyalar beriladi, natijada jamoaga qo‘shilish yengillik bilan kechadi...

Kompaniya o‘z xodimlari uchun moddiy va nomoddiy rag‘batlantirishlarni joriy etgan.Misol uchun, moddiy mukofotlar,yoshlarni qo‘llab- quvvatlashda ularning bilim olishlariga homiylik qilish, yoshlar timbildinglarini uyushtirish, toqqa sayohat, korporativlarni tashkil qilish, xodimlar malakasini oshirish yo‘nalishida Kompaniyaning "Sug‘urta maktabi" tashabbusi bilan tashkillashtiriladigan bepul seminarlarga o‘z ishining ustasi bo‘lgan trener va omadli tadbirkor- biznesmenlarni jalb qilish, hayotda o‘rnini topgan, iqtidor egalari bilan uchrashuvlar o‘tkazish, "Sug‘urta akademiyasi" orqali sug‘urta sohasida ilmiy ishlar olib borish va ilmiy unvonga ega bo‘lish imkoniyatlari kabi nomoddiy rag‘batlantirishlar ham mavjud.