Erkin iqtisodiy va sanoat zonalaridagi sugʼurtalash
2022 yilda “Oʼzbekinvest” erkin iqtisodiy va sanoat zonalari subʼektlari faoliyatini moliyaviy risklar oqibatlaridan himoya qilish, va bu orqali milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qoʼshishda oʼz faoliyatini davom ettirdi.
Kompaniyaning ushbu sohadagi sugʼurta mukofotlari yigʼimi 2022 yilda 11,9 milliard soʼmni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan sugʼurta hajmlari 130 foizga oʼsdi.
2022 yil davomida “Oʼzbekinvest” tomonidan erkin iqtisodiy va sanoat zonalari subʼektlari faoliyatida sodir boʼlgan sugʼurta hodisalari boʼyicha 2021-yilga nisbatan ikki baravarga koʼp sugʼurta toʼlovlari amalga oshirilib, bu qiymat 9,5 milliard soʼmga teng boʼldi.
Kompaniyaning korxonalar uchun dolzarb boʼlgan sugʼurta mahsulotlarini ishlab chiqish, shuningdek, kompleks sugʼurta xizmatlarini koʼrsatish boʼyicha faol saʼy-harakatlari tufayli korxonalar bilan 1400 dan ortiq shartnomalar tuzildi va kompaniyaning oʼz zimmasiga olgan majburiyatlari hajmi 7,4 trillion soʼmni tashkil etdi.
Investitsion loyihalarni sugʼurtalash hajmini oshirish
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash Yangi Oʼzbekistonni rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan biridir. Shuning uchun “Oʼzbekinvest” investorlar uchun eng qulay sugʼurta sharoitlarini yaratish boʼyicha faol ish olib bormoqda.
Iqtisodiy va investitsiya faolligi oʼsishini taʼminlagan holda, 2022-yilda kompaniya tomonidan 42,2 milliard soʼm sugʼurta mukofotlari olingan boʼlib, ushbu koʼrsatkich 2021-yilga nisbatan 132 foizga oshgan.
2022-yil davomida “Oʼzbekinvest” tomonidan investitsiya loyihalarini sugʼurta qilish yoʼnalishida tuzilgan shartnomalar boʼyicha 1,2 milliard soʼm sugʼurta tovonlari toʼlab berildi.
Yillar davomida yaratilgan moliyaviy risklardan investitsiya loyihalarini himoya qilish mexanizmi kompaniyaga 3300 dan ortiq shartnomalar tuzish imkonini berdi, 2022-yilda kompaniyang oʼz zimmasiga olgan majburiyatlar hajmi 23,7 trillion soʼmni tashkil etdi.
Joriy yilda kompaniya investitsiya loyihalarini, shuningdek, EIZ va KSZ rezidentlarini sugʼurtalashda kuchli va ishonchli hamkor mavqeini mustahkamlash boʼyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Xususan, EIZ rezidentlari uchun keng qamrovli sugʼurta qoplamalarining afzalliklari haqida maʼlumot berish maqsadida seminarlar oʼtkazilishi rejalashtirilgan.