“O‘zbekinvest” kompaniyasi tomonidan yoshlarning iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

chop etish versiyasi
14.06.2023

Ma'lumki, O‘zbekiston sug‘urta bozorining yetakchisi – “O‘zbekinvest” kompaniyasi o‘z faoliyati davomida aholi, ayniqsa, yoshlarning va olis hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan tadbirlarini tizimli yo‘lga qo‘ygan.

Joriy yilning 13 iyun kuni “O‘zbekinvest” EISK AJning Toshkent shahar filialida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent moliya instituti va A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali talabalari va o‘qituvchilari bilan aholi va uning mulkini turli xatarlardan sug‘urtalashda internet va mobil ilovalardan samarali foydalanish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbati savol-javob va fikr-mulohazalarga boy, amaliy ahamiyatga ega bo‘ldi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi xotin-qizlar va yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan bu kabi o‘quv-ta'lim tadbirlari mamlakatimizning olis hududlarida davom ettiradi.