Sug'urta amalda!

chop etish versiyasi
10.04.2020

Toshkent shahrida 8-apreldan 9-aprelga o'tar kechasi ko'p qor yog'ishi oqibatida daraxtlar qulab, bir qancha xususiy mashinalar ziyon ko'rdi.

Mijozlarga yetgan zararlarni tezkor hal etish maqsadida O'zbekinvest kompaniyasi onlayn rejimda barcha zarur harakatlarni amalga oshirdi va sug'urta qoplamasini to'lab berdi.

KASKO 2.0 innovatsion mahsuloti bo'yicha sug'urtalangan mijoz erta tongda o'z mashinasini qulab tushgan daraxt tagida ko'rib, sodir bo'lgan voqea haqida O'zbekinvest kompaniyasining kunu-tun xizmat ko'rsatuvchi qo'ng'iroqlar markaziga xabar bergan.

Bir necha daqiqadan so'ng kompaniyaning Sug'urta to'lovlari departamenti hodimlari mijoz bilan bog'lanib, messenjer orqali zararlangan avtoning fotosuratlarini oldilar, sug'urta qoplamasi miqdorini aniqlab, uni mijoz bilan kelishdilar va hujjatlarni rasmiylashtirib, mijozning plastik kartasiga zarar summasini to'lab berdilar.

Murojaat etilgan paytdan boshlab mijozning hisob raqamiga pul kelib tushgunga qadar bor yo'g'i 6 soat o'tgan.

O'zbekinvest kompaniyasi yog'ingarchilik natijasida mol-mulki ziyon ko'rgan mijozlardan murojaatlarni onlayn qabul qilishni davom ettirmoqda.