"O'zbekinvest" sug'urta kompaniyasida O'zbek tili bayrami kuni nishonlandi

chop etish versiyasi
20.10.2023

Joriy yilning 20-oktyabr kuni "Uzbekinvest" sug'urta kompaniyasida 21-oktyabr "O'zbek tili bayrami" kuni munosabati bilan tadbir va xodimlar o'rtasida bellashuv o'tkazildi. Dastlab, tadbir avvalida kompaniya bosh direktori R.Azimov kirish nutqini so'zladi.  Yurtimizda ona tiliga bo'lgan e'tibor, ona tili jamiyatni rivojlanitirish omili, millatning ajralmas hususiyati va davlatning suverenligini ko‘rsatuvchi belgilardan biri ekanligi aytib o‘tildi.

Navbatdagi so'z nutqini Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʼzbek tili va adabiyoti universiteti mutaxassisi Sanobar Qo'ldasheva davom ettirdi. U o'z nutqida “O‘zbek tili tarixi” hamda hozirgi kunda reklama sohasida chet tillaridan keng foydalanish holatlari yuzaga kelayotgani haqida so'zladi.

Tadbirning ikkinchi yarmida kompaniya xodimlari o'rtasida bellashuv bo'lib o'tdi. Bellashuvda ishtirokchilar mushoira, ifodali o'qish, jadval tasnifi, matndan xato topish kabi 4ta shart bo'yicha bahs olib borishdi. Yakunda Sanobar Qo'ldasheva  tomonidan qo'yilgan baholarga ko'ra g‘oliblar mukofotli o‘rinlarni egallashdi hamda rahbariyat tomonidan ularga sertifikatlar topshirildi.

Ta'kidlash kerakki, bu kabi tadbirning o'tkazilishi kompaniya xodimlarining dunyoqarashi yuksalishiga, til boyligini oshirishga va kelajakdagi faoliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

kun.uz