Xodimlarning malakasini uzluksiz oshirish kontseptsiyasi doirasida joriy yilning avgust oyida “Oʼzbekinvest” kompaniyasining bir guruh hududiy filiallar direktorlari Turkiya sugʼurta institutida malaka oshirish kurslarini tamomladilar.
1970-yilda tashkil etilgan Turkiya sugʼurta instituti Turkiyaning sugʼurta sektoridagi yagona oʼquv va tadqiqot markazi hisoblanadi.
Turkiya sugʼurta instituti mutaxassislari tomonidan maxsus ishlab chiqilgan oʼquv dasturiga koʼra, “Oʼzbekinvest” aktsiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari direktorlari eksport risklari, korporativ mijozlar va jismoniy shaxslarni sugʼurtalash boʼyicha xalqaro tajribani oʼrgandilar.
Trening yakunida Turkiya sugʼurta birlashmasi va Turkiya Eksimbankining yetakchi mutaxassislari bilan Oʼzbekistonda sugʼurta bozorini rivojlantirishning dolzarb masalalari va global tashqi omillarning sugʼurta sohasining rivojlanishiga taʼsiri yuzasidan tajriba va fikr almashildi.
“Oʼzbekinvest”da barcha darajadagi mutaxassislarning uzluksiz malakasini oshirish kompaniya faoliyatining asosiy yoʼnalishi hisoblanadi. Xodimlarning malakasini uzluksiz oshirish kontseptsiyasi doirasida soʼnggi olti yil davomida “Oʼzbekinvest” kompaniyasining 100 dan ortiq rahbar va xodimlari АQSh, kontinental Yevropa, Buyuk Britaniya, Chexiya, Rossiya va Janubiy Koreyaning yetakchi taʼlim muassasalarida malaka oshirdilar.
Sayt: uzbekinvest.uz
Facebook: fb.com/Uzbekinvest
Instagram: @uzbekinvest_
Telegram: t.me/uzbekinvest
YouTube: youtube.com/channel