Urganch davlat universitetida "Yong‘indan ogohlik" umummilliy kampaniyasi doirasida "Is gazi nima va u qanday hosil boʻladi?", "Yongʻin va uning kelib chiqish sabablari", "Yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya eting!", "Yongʻinda xavfsiz evakuatsiya qilishni taʼminlash!" mavzularida seminar tashkil qilindi.
Unda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar, Qo‘riqlash boshqarmalari, Hududgaz Xorazm gaz ta'minoti filiali hamda "Uzbekinvest" EISK AJ Xorazm filiali xodimlari tomonidan ma'ruzalar o'qildi.
Qolaversa, universitet rahbariyati bilan ijara asosida kvartiralarda turib tahsil olayotgan talabalarni hamkor tashkilotlar bilan yashash shart-sharoitlarini o'rganish borasida kelishib olindi.