O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi Kasb-hunar taʼlimi markazi bir qator vazirlik va tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarning xalqaro standartlar asosida kasblar egallashi, kasbiy mahoratini oshirishga keng imkoniyat yaratish, qobiliyatlilarni aniqlash va rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan «Eng faol yosh ishchi kasb egasi» tanlovining respublika bosqichi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.
Tanlovning «sug‘urta agenti» nominatsiyasi bo‘yicha «O‘zbekinvest» eksport-imkort milliy sug‘urta kompaniyasi Buxoro viloyat bo‘limi xodim Xudoyorova Mohimbonu Otabekovna faxrli 2-oʼrin sovrindori deb topildi.
Xudoyorova Mohimbonuni ushbu yutuq bilan qutlaymiz.