«O‘zbekinvest» kompaniyasi iyul' oyida 1,7 mlrd. so‘m sug‘urta qoplamalarini to‘lab berdi

chop etish versiyasi
28.08.2019

«O‘zbekinvest» milliy sug‘urta kompaniyasi turli baxtsiz hodisalar oqibatida mijozlarning mol-mulki yoki sog‘lig‘iga yetgan zararni o‘z vaqtida qoplab berishga alohida e'tibor qaratmoqda. Buning uchun ishonch telefoni va 24 soat ishlovchi dispetcherlik xizmati tashkil etilgan hamda maxsus assistans xizmati esa Toshkent shahri va poytaxt viloyati hududida sug‘urta hodisalari yuz berganda voqea joyiga yetib borib, zarur yordamni ko‘rsatadi.

Ta'kidlash joiz, sug‘urta himoyasining afzalliklarini aholiga tushuntirish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar natijasida oxirgi yillarda sug‘urtaning ixtiyoriy turlariga nisbatan qiziqish va talab ortmoqda. Masalan, joriy yilning iyul' oyida «O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan jami 748 ta sug‘urta da'volari ko‘rib chiqilib, aholi sog‘lig‘i yoki mol-mulkiga yetgan zarar o‘rnini qoplab berish uchun 1,7 mlrd. so‘mdan ortiq sug‘urta qoplamasi to‘lab berildi. Mijozlardan kelib tushgan sug‘urta da'volarining 516 tasi yoki 69 foizi sug‘urtaning ixtiyoriy turlariga to‘g‘ri kelsa, 332 tasi yoki 31 foizi majburiy turlar ulushiga to‘g‘ri keladi.

«O‘zbekinvest» kompaniyasi tomonidan joriy yil boshidan buyon esa mijozlarning har oyda o‘rtacha 1100 ta yoki jami 7619 ta sug‘urta da'volari ko‘rib chiqilib, ularning mol-mulki yoki hayotiga yetgan zararlar uchun 11 mlrd. so‘mdan ortiq sug‘urta qoplamalarini to‘lab berilgan.

Kompaniya axborot xizmati