Aholi sog'lig'i yoki mol-mulkiga baxtsiz hodisa oqibatida zarar yetganda unga moliyaviy ko'mak berish sug'urta kompaniyasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Mijozning sug'urta hodisasi yuzasidan murojaatini imkon qadar tez ko'rib chiqib, sug'urta qoplamasini o'z vaqtida to'lab berish esa sug'urtalovchining nufuzini belgilab beradi.
Agar raqamlarga murojaat qilinsa, 2018-yilning may oyi davomida «O'zbekinvest» milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan jami 961 ta sug'urta da'volari ko'rib chiqilib, 933 mln. so'm sug'urta qoplamasi to'lab berilgan. Shundan 42 foizi sug'urtaning ixtiyoriy turlariga, 58 foizi esa majburiy turlar ulushiga to'g'ri keladi.
«O'zbekinvest» kompaniyasi tomonidan 2018-yilda to'lab berilgan sug'urta qoplamalari (mlrd. so'mda)
Joriy yil boshidan buyon esa kompaniya tomonidan o'z mijozlariga jami 5155 ta sug'urta da'volari bo'yicha qariyb 8,7 mlrd. so'm sug'urta qoplamalari to'lab berilgan.
«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati