Mamlakatimizda nisbatan ommabop hisoblangan avtomobil sug'urtasi mijozlari uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida “O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan “AVTORITET” avtojamlanmalar tarmog'ida sug'urta polislarni sotish yo'lga qo'yildi.
Endilikda avtomobil egalari ko'plab servis xizmatlari segmentini va avtoehtiyot qismlar savdosini o'zida jamlagan avtojamlanmalar tarmog'ining Toshkent shahri v poytaxt viloyatidagi ofislarida avtomobillarning majburiy va ixtiyoriy turlari bo'yicha sug'urta polislarini xarid qilishlari mumkin.
Shuningdek, avtomobil sug'urtasi polislarini aynan “AVTORITET” avtojamlanmalar tarmog'ida sotib olgan mijozlarga aksiya doirasida quyidagi maxsus pullik kuponlar ham taqdim etiladi:
- Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha transport vositasini boshqarishga qo'yilgan shaxslar shaxslar soni CHEKLANGAN SUG'URTA POLISIni sotib olgan mijozlar uchun 10 000 so'mlik;
- Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha transport vositasini boshqarishga qo'yilgan shaxslar shaxslar soni CHEKLANMAGAN SUG'URTA POLISIni sotib olgan mijozlar uchun 30 000 so'mlik.
Sug'urtalanuvchilar ushbu kuponlarni «AVTORITET» avtojamlanmalar tarmog'ining istalgan ofisida zarur tovarlarga almashtirib olishlari mumkin.
Tel.: +99871 207-60-00
«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati