“O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan o'tkazilgan “Dubayga sayohat” aksiya g'oliblari Dubayda bo'lib qaytishdi.

chop etish versiyasi
28.03.2019

Xabaringiz bor, sug'urta xizmatlarini ommalashtirish va sug'urta himoyasi afzalliklarini aholi o'rtasida keng targ'ib qilish maqsadida 2018-yilning 1-oktabridan 2019-yilning 31-yanvariga qadar “Dubayga sayohat” aksiyasini o'tkazilgan edi va aksiyaning ishtirokchisiga aylanish uchun kompaniyadan majburiy avtosug'urta mahsulotini xarid qilishning o'zi kifoya edi.

Respublikamizning barcha hududlaridan qariyb 22 ming nafar yurtdoshlarimiz ishtirok etgan aksiyada joriy yilning 5 fevral kuni poytaxtimizdagi “Samarqand darvoza” savdo markazida taniqli sport yulduzlari, savdo markazi tashrif buyuruvchilari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida shaffof tarzda aylanma barabandan tasodifiy raqamni tanlash yo'li orqali omadi kulgan 5 ta juftlik, ya'ni 10 nafar yurtdoshlarimizga omad kulib boqib, ular joriy yilning 18-24-mart kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo'lib qaytishdi.

Ta'kidlash joizki, ushbu aksiya doirasida 5 ta juftlikka borib-kelish aviachiptasi, besh yulduzli mehmonxonada yashash, viza, sug'urta va transfer xarajatlari hamda aksiya g'olibidan olinadigan daromad solig'ini o'z ichiga olgan Dubayga bir haftalik sayohat yo'llanmasi “O'zbekinvest” kompaniyasi tomonidan taqdim etildi.

 

“O'zbekinvest” EIMSK Axborot xizmati

 

Profiler