«O'zbekinvest» kompaniyasi “ Jahon futboli ishqibozi” aksiyasini o'tkazdi

chop etish versiyasi
11.06.2018

2018-yilning 9-iyun kuni "Samarqand darvoza" savdo markazida “O'zbekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan jismoniy shaxslar o'rtasida sug'urta xizmatlarini yanada ommalashtirish, sug'urta himoyasining afzalliklarini keng targ'ib qilish, kompaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan sug'urta turlari bilan tanishtirish maqsadida e'lon qilingan “O'zbekinvest”dan “Jahon futboli ishqibozi” aksiyasining yakuniy marosimi bo'lib o'tdi.

Ma'lumki, sug'urta dunyo amaliyotida, shu jumladan mamlakatimizda ham kutilmagan hodisalar oqibatida kishilarning mol-mulki yoki hayotiga yetgan zarar o'rnini yoki uning ma'lum bir qismini qoplash uchun moliyaviy yordam ko'rsatish tizimi hisoblanadi. Buning uchun shaxs oldindan ehtimoliy xavf-xatarlar va uning davri bo'yicha belgilangan shartnomani sug'urta kompaniyasi bilan tuzishi lozim. Ushbu kelishuvga muvofiq mijoz sug'urta qoplamalaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladi.

“O'zbeekinvest” milliy sug'urta kompaniyasi tomonidan sug'urta himoyasining afzalliklarini tushuntirishga qaratilgan targ'ibot ishlari natijasida oxirgi yillarda kompaniyaga nisbatan mijozlar ishonchi ortmoqda.

24 yillik tarixga ega «O'zbekinvest» kompaniyasi o'tgan davrdagi faoliyatida ko'rsatilayotgan sug'urta xizmatlari sifatini oshirish, hududiy filiallar va bo'limlar ishini faollashtirish, kadrlar salohiyatini oshirish, mijozlar talab va ehtiyojlarini puxta o'rganishga qaratilgan sa'y-harakatlar natijasida bir qator ijobiy natijalarga erishdi.

Kompaniya faoliyatining asosiy yo'nalishlaridan biri mijozlar manfaatiga mos keladigan barcha turdagi sifatli sug'urta xizmatlarini taqdim etishdan iborat. Tadbirda tashkilotchilar tomonidan ma'lumot berildiki, bugungi kunda kompaniya tomonidan 100 dan ortiq sug'urta mahsulotlari taklif etilmoqda.

Mijoz va kompaniya o'rtasida tuzilgan sug'urta shartnomasiga muvofiq qabul qilingan majburiyatlarni bajarish, korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik sub'ektlari va jismoniy shaxslar mol-mulki, sog'lig'i va hayotiga baxtsiz hodisa oqibatida yetadigan zararlarni qoplab berish kompaniya faoliyatining ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Agar raqamlarga murojaat qilinsa, joriy yilning o'tgan 5 oyida «O'zbekinvest» kompaniyasi tomonidan 105 mlrd. so'm sug'urta mukofoti yig'ilib, mijozlar oldida 75 trln so'm hajmida majburiyatlar qabul qilingan. Joriy yil boshidan buyon mijozlarga 5155 ta, ya'ni har oyda o'rtacha 1031 ta sug'urta da'volari bo'yicha 8,7 mlrd. so'm sug'urta qoplamalari to'lab berilgan.

Aholi o'rtasida sug'urta xizmatlarini yanada ommalashtirish, sug'urta himoyasining afzalliklarini keng targ'ib qilish maqsadida joriy yilning 7-mayidan 7-iyunigacha kompaniyaning “Baxtsiz hodisalardan sug'urtalash”, “Aholi uy joylarini sug'urtalash” hamda “Avtotransport vositalarini ixtiyoriy kompleks sug'urtalash” sug'urta polislarini sotib olgan mijozlar o'rtasida “O'zbekinvest”dan “Jahon futboli ishqibozi” aksiyasi o'tkazildi.

Aksiyaning quyidagi 8 nafar omadli ishtirokchisi Rossiya Federatsiyasida o'tkaziladigan futbol bo'yicha jahon chempionati o'yinlariga yo'llanmalarni qo'lga kiritdi:

 

Aksiya g'olibi 
F.I.O.

Polis sotilgan hudud

Argetina - Xorvatiya o'yini

(21.06.2018 y. Nijniy Novgorod shahri)

1

Samatova Roxat

Samarqand viloyati

2

Ibragimov Jumaniyaz

Qoraqalpog'iston Respublikasi

Germaniya - Shvetsiya o'yini

(23.06.2018 y. Sochi shahri)

3

Eshonqulov Eldor

Navoiy viloyati

4

Matayev Zokirjon

Namangan viloyati

Braziliya - Serbiya o'yini

(27.06.2018 y. Moskva shahri)

5

Karshiyev Burxon

Samarqand viloyati

6

Tilloboyev Ilhomjon

Namangan viloyati

Angliya - Belgiya o'yini

(28.06.2018 y. Kaliningrad shahri)

7

Bozorov Ikrom

Qashqadaryo viloyati

8

Axmedova Vasilaxon

Andijon viloyati

 

«O'zbekinvest» EIMSK Axborot xizmati